Gaz o‘rniga ko‘mir: O‘zbekistonda g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarda tajriba o‘tkazildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRabota shaxterskoy smeni v Primorskom krae
Rabota shaxterskoy smeni v Primorskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi g‘isht ishlab chiqaruvchi va issiqxona xo‘jaliklarini to‘liq ko‘mirdan foydalanishga o‘tkazish mamlakatga har yili milliarddan ortiq kub. m. tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

TOShKENT, 2 avg – Sputnik. O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar va issiqxona xo‘jaliklarini yonilg‘i o‘rnida ko‘mirdan foydalanishga o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Fura s uglem - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek bojxonachilari ko‘mir orasiga yashirilgan atirlarni aniqlashdi

2017-2021 yillarda g‘isht, sement ishlab chiqaruvchi korxonalarni, issiqxona xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich muqobil yonilg‘i turlariga (ko‘mir) o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

Ko‘mirdan foydalanishning foydaliligini o‘rganish maqsadida maxsus tahliliy ishlar o‘tkazildi. Bir qator issiqxona xo‘jaliklari va g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarda tajriba o‘tkazildi. Natijada, tabiiy gaz o‘rniga ko‘mirdan foydalanilganda 45-55 foiz miqdorida yonilg‘ini tejash mumkinligi haqida xulosaga kelindi.

Tabiiy gaz yetkazib berish taqchil, vaqt o‘tgani sari ushbu muammo chuqurlashib borayotgan hududlarda ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganib chiqildi. Bu joylarda ko‘mir nafaqat qulay, balki zaruriy muqobil yonilg‘i ekani ma’lum bo‘ldi. Unga bo‘lgan ehtiyoj oyiga 411 tonnani tashkil etadi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s provodimoy rabotoy na Shargunskom ugolnom mestorojdenii v Sariasiyskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: bunday sifatli ko‘mir hech qayerda yo‘q

Mamlakatda ko‘mirdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan isitish qozonlarini ishlab chiqarishni tashkil etish boshlandi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, Chirchiqda ko‘mir qozonlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

2018 yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan g‘ishtning 33 foizi tabiiy gaz o‘rniga ko‘mirdan yonilg‘i sifatida foydalanayotgan korxonalarda ishlab chiqarildi. Mavjud issiqxona xo‘jaliklarining 27 foizi ko‘mirdan foydalanishga o‘tkazildi.

2019 yil 5 oyida yana 94 ta g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘mirdan muqobil yonilg‘i sifatida foydalanishga moslashtirildi, 115 ta issiqxona ko‘mirdan foydalanishga qaror qildi va unga o‘tishni boshlab yubordi.

Yangiliklar lentasi
0