To‘raqo‘rg‘on IESda birinchi gaz trubinasi ishga tushdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTurakurganskaya TES
Turakurganskaya TES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda Farg‘ona vodiysining Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi.

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on IESda birinchi gaz trubinasi ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda IES sinov rejimida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, noyabr oyidan to‘liq ishga tushiriladi.

Turakurganskaya TES - Sputnik O‘zbekiston
To‘raqo‘rg‘on IES sanoqli kunlarda ishga tushadi

Birinchi qurilmani 2019-yilning sentabr oyida, ikkinchisini noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgandi. Yangi avlodga mansub energobloklar an’anaviy issiqlik elektr stansiyalari sarflaydigan yonilg‘iga birligiga nisbatan ikki barobar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bug‘-gaz qurilmalarida KPD taxminan 59 % tashkil etib, bu an’anaviy bug‘ generatorli stansiyalar ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori bo‘lishi bilan birga, energobloklarning ish jarayonida atmosferaga chiqadigan zararli gazlar miqdori qariyb ikki baravarga kamayadi.

To‘raqo‘rg‘on IES ishga tushirilishi natijasida bir yilda 900 Mvt qo‘shimcha qo‘shimcha quvvat yoki 7 mlrd KvT soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi va Farg‘ona vodiysining Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi.

Yangiliklar lentasi
0