Toshkent va Moskva valyuta birjalari hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

© Sentrobank UzbekistanaUzbekskaya valyutnaya birja budet sotrudnichat s kollegami iz Moskvi
Uzbekskaya valyutnaya birja budet sotrudnichat s kollegami iz Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Imzolangan memorandum Rossiya va O‘zbekiston investorlarining ikki mamlakat valyuta bozorlariga kirishini yengillashtirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi va  “Moskovskaya Birja” OAJ o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Grafik sostoyaniya finansovogo rinka - Sputnik O‘zbekiston
Valyuta birjasida bir oy ichida ilk bor dollar kursi pasayishi qayd etildi

Memorandum “Moskovskaya Birja” OAJ boshqaruvi a’zosi – pul va muddatli bozorlar bo‘yicha boshqaruvchisi Igor Marich tashrif davomida imzolangan.

Memorandum birja savdosini rivojlantirish sohasida tajriba almashishni nazarda tutadi va Rossiya va O‘zbekiston investorlarining ikki mamlakat valyuta bozorlariga kirishini yengillashtirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0