Rossiya tovarlarni markirovka qilishda O‘zbekistonga yordam beradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishRabota likerovodochnogo zavoda "SPI-RVVK" v Kaliningrade
Rabota likerovodochnogo zavoda SPI-RVVK v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sentabr oyida O‘zbekistonda tamaki va alkogolli mahsulotlarini yangi uslubda markirovka qilish boshlanadi.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi hamda Rossiya Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi o‘zaro hamkorlik qilish haqida memorandum imzolashdi. Ushbu haqidagi Hukumat qarorining loiyihasi Normativ-huquqiy hujatlarni muhokama qilish sahifasi xabar bermoqda.

V torgovom zale magazina. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tovarlarni markirovka qilish yagona tizimi ishga tushadi

“Tovarlarni bosqichma-bosqich markirovka qilish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi” qonun loyihasi 11-sentabrga qadar muhokamada bo‘ladi.

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, Rossiyaning Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi (ITRM)hamda O‘zbekiston Davlat Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda alohida mahsulotlarni raqamli markirovka qilish va ularni kuzatib  borish loyihalarini amalga tadbiq etishda birgalikda harakat qilishadi.

Shuningdek, ITRM O‘zbekistonda "CRPT TURON" nomli MJCh tashkil qilgan va sentabr oyidan boshlab alohida tovarlarni markirovka qilish jarayonini joriy etadi. Dastlabki bosqichda tamaki, pivo va alkogolli mahsulotlar markirovka qilinadi.

Alkogol maxsulotlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i oshdi

Dastlabki bosqich 2020-yilning aprel oyigacha mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu sanadan so‘ng markirovka qilinadigan mahsulotlar soni kengaytiriladi hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlarning elektron bazasi tuziladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiyada ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan har bir alkogolli ichimlik zavoddan chiqqanidan boshlab to magazinda sotilganicha kuzatuv ostida bo‘ladi. Ushbu chora soxta alkogolli ichimliklar ishlab chiqarishga qarshi kurashning eng samarali usuli sifatida qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0