Xitoy bilan hamkorlikda tabiiy gazdan qimmatli kimoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi

© Sputnik / Aleksandr Grashenkov / Mediabankka o‘tishGranuli polipropilena
Granuli polipropilena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xitoy sarmoyalari yordamida tabiiy gazdan polietilen va polipropilen kabi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. O‘zbekiston hukumati va Xitoyning CITIC fondi umumiy qiymati $1 mlrd. Dollar bo‘lgan investitsiya fondi tashkil qilishdi, deb xabar qilmoqda Savdo va investitsiyalar  vazirligi matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Savdo va investitsiyalar vazirligi hamda Xitoyning CITIC korporatsiyasi orasida umumiy qiymati $1 mlrd dollar bo‘lgan o‘zbek-xitoy investitsiya fondi tashkil qilish haqida bitim imzolandi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Ushbu kelishuv Xitoyga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tashrifi oldidan imzolandi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston-Xitoy investitsion fondi mablag‘lari ustuvor, kimyo, neft-kimyo, neft-gaz sohasida yuqori texnologiyali loyihalarni tezkor amalga oshirish uchun xizmati qiladi. Yaqin vaqt ichida Savdo va investitsiyalar vazirligi ushbu sohada investitsiyalar kiritilishi kerak bo‘lgan korxonalar ro‘yxatini tayyorlab taqdim etishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston va Xitoyning CITIC Construction korporatsiyasi vakillari O‘zbekistonda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi - MTO (methanol to olefins) asosida tabiiy gazdan qimmatli kimoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0