Lixachov: xalqaro atom loyihalar O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qo‘shimcha impuls beradi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGeneralniy direktor gosudarstvennoy korporatsii po atomnoy energii "Rosatom" Aleksey Lixachev
Generalniy direktor gosudarstvennoy korporatsii po atomnoy energii Rosatom Aleksey Lixachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachov Toshkentda "MMFI" Milliy tadqiqot yadro universitetining birinchi xorijiy filiali ochilishi qanday muhim ahamiyatga ekanligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. “Moskva muhandislik-fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universitetining (NIYaU MIFI) Toshkentdagi filiali ochildi.

“Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachov xalqaro atom loyihalar O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishga qo‘shimcha impuls berishini qayd etdi.

Stroyashayasya atomnaya elektrostansiya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston atom sohasi uchun kadrlarni qanday tayyorlayapti

“Toshkentda mazkur ta’lim muassasining barpo etilishi, ya’ni MMFI filialining ochilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan natijadir. Bu, umuman olganda, kadrlar siyosatini kengaytirish va chuqurlashtirishdir. Albatta, talabalar nafaqat yangi bilimga ega bo‘ladilar, balki ilm-fan sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishadi. Shubhasiz, bu yerda “Rosatom” tomonidan hamkorlikdagi loyihalar joylashtiriladi. Nazarimda, atom energetikasi bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro loyihalar O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qo‘shimcha impuls beradi”, - deya Lixachov so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Toshkentdagi “Moskva muhandislik-fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi:

- Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi;

- Yadro fizikasi va texnologiyalari;

- Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi;

- Elektr energetikasi va elektr texnikasi.

Ta’lim jarayoni Rossiya standartlariga asosan olib boriladi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda amal qiladigan Rossiya namunasidagi diplomlar beriladi. Barcha bitiruvchilar “O‘zatom” agentligi tomonidan ish bilan ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0