UzAuto Motors: Yo‘l jamg‘aramasi uchun olinadigan yig‘im ishlab chiqaruvchi tomonidan to‘lanadi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 oktabrdan xaridorlardan O‘zbekiston Ichki ishlar organlarida to‘lanadigan Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3% majburiy yig‘im olinmaydi.

TOShKENT, 16 cyen – Sputnik. 2019 yilning 1-oktabridan e’tiboran O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘aramasiga amalga oshiriladigan 3% miqdoridagi yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi.

UzAuto Motors AJ xabarida qayd etilishicha, endilikda xaridorlar avval Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3 foiz to‘lovni avtomobil xarid qilayotgan chog‘ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Klyuchi ot avtomobilya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilindi

Joriy yilning 1-oktabriga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo‘shimcha kelishuv imzolanadi.  xaridor 3 foiz to‘lovni avtomobilni qabul qilib olish chog‘ida dilerlik korxonasiga to‘lashi kerak bo‘ladi.

“Shu bilan xaridorlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida to‘lanadigan Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3% majburiy yig‘im olinmasligini ma’lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Xabarda UzAuto Motors AJ 1-oktabrdan e’tiboran QQS to‘lovchisiga aylananishi va kompaniya mazkur holat xaridorlarga ortiqcha sarf-harajat va noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirgani qo‘shimcha qilingan.

Ta’kidlanishicha, avtomobil narxlari Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan mazkur to‘lovni inobatga olmaganda o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Yangiliklar lentasi
0