Ushbu yilning 9 oyida eksport rejasi oshig‘i bilan bajarilgan

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransportno-logisticheskiy kompleks
Transportno-logisticheskiy kompleks  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-yilda eksport qilinayotgan mahuslotlar turi 74 taga oshgan va eksport geografiyasi 42 mamlakatga kengaygan.

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning 9 oyida ichida eksport qilinayotgan mahsulotlar turi oshgan va eksport geografiysi kengaygan. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda xabar qilindi.

Shavkat Mirziyoyev predlojil usilit kontrol za investitsiyami - Sputnik O‘zbekiston
Eksport, investitsiya va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

Yig‘ilishda ma’lum qilinishiga ko‘ra, 2019-yilning yanvar-sentabr oylarida eksport hajmi qariyb 10 milliard AQSh dollarini tashkil etib, reja oshig‘i bilan bajarilgan. Eksport qilinayotgan mahuslotlar turi 74 taga oshgan va eksport geografiyasi 42 mamlakatga kengaygan. O‘sish sur’ati asosan meva-sabzavotchilik, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, energetika tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelgan, deyilgan xabarda.

Majlisda shuningdek, prezidentning BAAga tashrifi yakunida imzolangan loyihalar muhokama qilindi. Xususan, 300 million dollar evaziga Samarqand shahri infratuzilmasini rivojlantirish, Navoiy viloyatida 200 million dollarlik shamol va 150 million dollarlik quyosh elektr stansiyalari qurish, 203 million dollar evaziga Sirdaryo viloyatida sellyuloza, omuxta yem va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi agrosanoat klasteri tashkil etish loyihalari va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. 

Majlisning batafsil bayonoti bilan quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0