Tojikiston O‘zbekistondan 9,4 million dollarlik gaz sotib oldi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVentil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Energetika vazirligi 2019-yilning yanvar oyidan avgust oyiga qadar xarid qilingan o‘zbek gazini ma’lum qildi.

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. 2019 yilning sakkiz oyi mobaynida Tojikiston O‘zbekistondan 9,4 million dollarlik gaz sotib oldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston mamlakat Energetika va suv resurslari vazirligi ma’lumotlariga asoslanib xabar qildi.

Shu bilan birga, Tojikistonning “Tadjiktransgaz” gaz taqsimlovchi kompaniyasi ushbu davrda qancha o‘zbek gazi import qilinganini ochiqlamagan.

Uchastok magistralnogo gazoprovoda  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston gaz eksporti hajmini oshiradi

Energetika vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, o‘tgan yili O‘zbekistondan Tojikistonga 54 million kub metr gaz xarid qilingan.

Import qilingan gaz bilan mamlakatning yigirmadan ortiq tashkilotlari, jumladan, Tojikiston alyuminiy kompaniyasi ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida "Tojiktransgaz" kompaniyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzoda kompaniya joriy yilda O‘zbekistondan 200 million kub metr tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0