Fitch O‘zbekiston reytingini barqaror deb e’lon qildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishReytingovoe agentstvo Fitch Ratings
Reytingovoe agentstvo Fitch Ratings - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fitch Ratings O‘zbekistonda kelasi yil kutilayotgan inflyatsiya miqdori va O‘zbekiston iqtisodiga xavf solayotgan asosiy omillarni sanab o‘tdi.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Fitch Ratings tahliliy agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanish darajasi barqaror.

YaIM miqdori nisbatan past, inflyatsiya nisbatan yuqori bo‘lishiga qarmasdan davlat qarzining kamligi, yaxshi suveren balans va yuqori rivojlanish sur’ati O‘zbekiston reytingini barqaror “VV-” darajasida saqlab qolish imkonini berdi, - deyilgan xabarda.

Fitch Ratings O‘zbekiston hukumatining moliya siyosatini umuman muvaffaqiyatli deb baholab quyidagi prognozlarni bermoqda:  

  • 2019 yilda o‘rtacha inflyatsiya darajasi– 14,9 %ni tashkil qiladi. 2020-yilda - 16 %gacha oshishi va 2021-yilda - 13,5 %gacha kamayishi kutilmoqda;
  • Umumiy davlat byudjeti defitsiti kamayib 2020-yilda YaIMning 2,4 %ini, 2021-yilda – 1,8 %ni tashkil qiladi;
  • Davlatning xorijiy aktivlari 2019-yilda 34 %dan 22 %gacha kamayadi;
  • Davlat qarzi miqdori 20,8 %dan 28,7 %gacha o‘sadi. Bu O‘zbekiston xorijdan olishni rejalashtirayotgan 5,3 mlrd dollar qarzlarini aks etadi.

Shu bilan birga Fitch Ratings O‘zbekiston pul-moliyaviy siyosatiga eng katta xavf solayotgan omillarni ham sanab o‘tgan:

  • AQSh dollarida saqlanayotgan davlat depozitlari (40 %) va dollarda olingan kreditlarning ulushining (55%) - kattaligi;
  • Davlat tomonidan moliyalashtirilayotgan kreditlar foizi - bozor narxidan pastligi;
  • Moliya bozorining rivojlanmaganligi.

Eslatib o‘taimiz, O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilda inflyatsiya darajasi - 12,6 %, 2020 va 2021-yillarda – 9,9 %  bo‘lishi kutilayotganini xabar qilgan edi. Undan tashqari MB 2023-yilga kelib inflyatsiya miqdorini 5 % miqdorida boshqarib turishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0