O‘zbekiston Shveysariyaga ayrim mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha taklif kiritdi

© MID UzbekistanaV Ministerstve inostrannix del Respubliki Uzbekistan proshel shestoy raund uzbeksko-shveysarskix politicheskix konsultatsiy
V Ministerstve inostrannix del Respubliki Uzbekistan proshel shestoy raund uzbeksko-shveysarskix politicheskix konsultatsiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Shveysariya Tashqi ishlar federal departamenti (vazirligi) davlat kotibi o‘rinbosari Kristina Marti Lang rahbarligida O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Maslahatlashuvlarda Shveysariya Elchisi Olivye Shav ham ishtirok etdi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Stokgolm. Shvetsiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Shvetsiya munosabatlari istiqbollari muhokama qilindi

Xabarda yozilishicha, unda  munosabatlarning konstruktiv va o‘zaro manfaatli ekanligi hamda bu turli daraja va shakllarda muloqotni kengaytirishga imkon berishi qayd etilgan. Istiqbolli qo‘shma loyihalar bo‘yicha batafsil muzokaralar o‘tkazish, aniq va qat’iy kelishuvlarga erishishga mo‘ljallangan ikki tomonlama biznes tadbirlar tashkillashtirish uchun delegatsiyalar tashriflarini amalga oshirishga tomonlarning tayyorligi ma’lum qilindi.

“Muzokaralarda ikki tomonlama savdoni diversifikatsiya qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar batafsil tahlil qilindi. O‘zbekiston tomoni Shveysariyaga to‘qimachilik, oziq-ovqat, kimyo va neft-kimyo, sim-o‘tkazgich mahsulotlarini yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda ilmiy va ta’lim almashinuvlarini kengaytirish hamda stajirovkalar tashkil qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, BMT va uning tuzilmalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0