O‘zbekistonda o‘nlab gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati to‘xtatildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGruzovie avtomobili s ustanovlennim gazoballonnim oborudovaniyem
Gruzovie avtomobili s ustanovlennim gazoballonnim oborudovaniyem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikadagi 60 dan ortiq avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida qator qo‘pol qoida buzilishlari borligi aniqlandi.

TOShKENT, 5 noyab - Sputnik. “O‘zneftegazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan respublikada joylashgan 60 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) nazorat tadbirlari o‘tkazildi, xabar qiladi nazorat organi axborot xizmati.

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston
Benzin xarajatlari davlat tomonidan qisman qoplanadi

Tadbirlar natijasida bir qator qo‘pol qoida buzish holatlari aniqlandi. Jumladan, 220 kg/sm2 bosim ostida avtomiballarni gaz bilan to‘ldirilishi, nazorat posti bilan ta’minlanmaganligi, gaz ballonlarga tegishli hujjatlarni ko‘zdan kechirmasligi va insonga xavf keltiradigan bir qator boshqa qoidabuzarliklar to‘g‘risida xabar qilinmoqda.

Bu kabi qoidabuzarliklar aniqlanganligi sabali, nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 60 ta AGTKShlardan 13 tasining ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Yangiliklar lentasi
0