2020 yil uchun Davlat budjeti keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etildi

© Minfin RUFuqarolar uchun budjet-2020
Fuqarolar uchun budjet-2020 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prognozlashtirilayotgan daromadlar tuzilmasida bilvosita soliqlar salmog‘ini birmuncha qisqartirish orqali bevosita soliqlarni oshirish tendensiyasi saqlanib qoladi.

TOShKENT, 6 noya - Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet” loyihasini 2020-yil uchun davlat budjeti loyihasi asosida tayyorlab jamoatchilikka taqdim etdi.

E’lon qilingan loyihada 2020-yil uchun Davlat budjeti daromadlari 128 460 mlrd so‘m yoki YaIMning 20%i miqdorida rejalashtirilgan, bu esa joriy yil yakuni bo‘yicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd so‘mga ko‘proqdir. Kutilayotgan tushumlarni baholashda iqtisodiyotning real o‘sishi, soliqlar ma’murchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narx va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan.

Prognozlashtirilayotgan daromadlar tuzilmasida bilvosita soliqlar salmog‘ini birmuncha qisqartirish orqali bevosita soliqlarni oshirish tendensiyasi saqlanib qoladi.

Kelgusi yilda Davlat budjeti xarajatlari 131 104,5 mlrd so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda, bu esa 2019-yilda tasdiqlangan parametrlardan 23%ga ko‘pdir. Ijtimoiy sohaga xarajatlar ulushi katta qismni – 66 018 mlrd so‘mni tashkil etadi, ularning yarmi yoki umumiy budjet xarajatlarining 22,9%i ta’lim sohasiga, 14 842,6 mlrd so‘m – sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat va sport sohasiga, umuman olganda – 3 319,5 mlrd so‘m, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga – 6 573,7 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, bu o‘tgan yildagiga qaraganda 23%  ko‘proqdir, 8 trln so‘m fuqarolarning pensiya ta’minoti uchun xarajatlar doirasida Pensiya jamg‘armasiga subsidiyalar tarzida zaxiraga beriladi.

2020 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet YaIIga nisbatan 3 424,9 mlrd so‘m yoki 0,5% defitsit bilan ko‘rsatilmoqda. Umumiy fiskal balans konsolidatsiyalashgan budjet va davlat dasturi xarajatlarini hisobga olgan holda tashqi qarzlar hisobiga 17 819,0 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Yil boshiga davlat qarzi $21,3 mlrd (YaIMga nisbatan 36,0%) miqdorida bo‘lishi kutilmoqda, shundan tashqi qarzi $15,3 mlrd (YaIMga nisbatan 25,4%)ni tashkil etadi. Kreditorlar kesimida xorijiy davlatlardan (qolganlariga nisbatan Xitoy va Yaponiyadan ko‘proq) olingan qarzlar $6,7 mlrd ni, xalqaro moliya institutlaridan $7,7 mlrd ni (51%i - OTB) va investorlar hisobiga $1 mlrd ni tashkil etadi. 2020-2022 yillarda tashqi qarzlarni so‘ndirishga $1 567,4 mln ni yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.     

2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun quyidagilarga litimlar belgilanmoqda:

·         davlat nomidan yoki Hukumat kafolati ostida tashqaridan mablag‘larni jalb etish bo‘yicha yangidan imzolangan bitimlar – $4 mlrd;

·         davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostidan jalb etiladigan (o‘zlashtiriladigan), kelgusi yillarda Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga so‘ndiriladigan qarzlar – $1,5 mlrd.   

2019 yildan tashabbusli budjetlashtirish dastaklari joriy etilmoqda, bunda tumanlar (shaharlar) budjetlarining qo‘shimcha mablag‘larining kamida 10%i jamoatchilik fikri asosida o‘tkaziladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Mexanizmlar openbudget.uz portali vositasida amalga oshiriladi. 2019-yil I chorak yakunlariga ko‘ra jami respublika bo‘yicha 4 049 ta ovoz va takliflar bildirilgan, ularni moliyalashtirishga 28,9 mlrd so‘m ajratilgan. II chorakda tashabbuslar 5 baravarga ko‘paygan, ularga 48,3 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. 

Yangiliklar lentasi
0