Senatorlar 2020-yil uchun O‘zbekiston davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishMoneti
Moneti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senatorlar 2020-yil budjetini Qonun ko‘rinishida ko‘rib chiqilayotgani, unda aholi daromadining yashash uchun zarur bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yetkazish masalasini ham muhokama qilishdi

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. 2020-yil uchun O‘zbekiston Davlat budjeti to‘g‘risida"gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqda Senat axborot-xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonda markazlashgan budjet siyosatidan voz kechiladi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov "2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Qonuni haqida ma’ruza qilgan.

Ma’ruzachiga ko‘ra, yil yakunlari bo‘yicha YaIM hajmining o‘sishi yil boshida prognoz qilingan 5,4 % o‘rniga 5,5 %ga o‘sishi kutilmoqda. Jahon banki hamda Osiyo taraqqiyot banki baholari ham shuni tasdiqlamoqda.

2020 yilda YaIMning 5,5 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 6,5 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning 4 foiz; kapital quyilmalar hajmining kamida 10 foiz; chakana savdo aylanmasining 5,6 foiz; xizmat ko‘rsatish hajmining 5,7 foiz o‘sishi prognoz qilindi. Davlat budjeti loyihasi ushbu makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar parametlari asosida ishlab chiqildi.

Ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qariyb 100 ta maqsadli dasturni amalga oshirish rejalashtirilgan. Inflyatsiya o‘sishi prognoz qilingan, hukumatda O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga doir aniq strategiya va model mavjud.

Uzbekskie sumi - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligi O‘zbekistonda budjet pullarini o‘marganlarni fosh qildi

Shuningdek, Senat a’zolari davlat nomidan yoki davlat kafolati ostida olinadigan va Davlat budjeti hisobidan qaytariladigan tashqi qarz hisobiga davlat maqsadli dasturlari harajatlarini amalga oshirish tartibining nazorat qilinishi, 2018-yilgi Davlat dasturida "iste’mol savatchasi"ni ishlab chiqish vazifasi belgilanganligi, ammo bugungi kungacha bu to‘g‘rida aniq ma’lumot yo‘qligini o‘rtaga tashladi.

2020 yil budjetini Qonun ko‘rinishida ko‘rib chiqilayotgani, unda aholi daromadining yashash uchun zarur bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yetkazish masalasini ham muhokama qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0