Forbes O‘zbekistonda chop etish huquqini qo‘lga kiritdi

© InstagramJurnal Forbes budet teper vipuskatsya v Uzbekistane
Jurnal Forbes budet teper vipuskatsya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endi "O‘zbekistonning 100ta eng badavlat odamlari" reytingi tuziladi - Forbes O‘zbekistonda chop etish huquqini qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Forbes jurnali O‘zbekistonda chop etish huquqini qo‘lga kiritildi, deb xabar qildi Forbes.kz nashriyotchisi, qozog‘istonlik biznesmen Armanjan Baytasov.  

“Katta xursandchilik bilan shuni xabar qilmoqchiman-ki - bizning kompaniyamiz Forbes jurnalini O‘zbekistonda chop etish huquqini qo‘lga kiritdi. Yangi loyiha yaratilishi meni yangi maqsadlar sari yetaklaydi”, - dedi Baytasov.

Yangi jurnalning birinchi soni kelgusi yilning mart oyida chiqadi. Jurnal tahririyati Toshkentda joylashadi. Jurnalning bosma nashri rus tilida, veb-versiyasi o‘zbek va rus tillarida chop etiladi.  

Rossiyskaya tennisistka Mariya Sharapova - Sputnik O‘zbekiston
Forbes talqiniga ko‘ra Rossiyaning eng boy ayollari

Armanjan Baytasov aytishiga qaraganda, O‘zbekiston ayni damda biznes yuritish uchun juda istiqbolli manzilga aylanib bor moqda. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar butun dunyoda ulkan qiziqish uyg‘otmoqda. Undan tashqari O‘zbekistonning 33 million aholisi – bu ulkan o‘quvchilar auditoriyasi degani, deydi biznesmen.

Forbes – amerikaning taniqli moliya, iqtisodiyot va biznes haqidagi jurnali bo‘lib u 1917-yilda Charlz Forbs tomonidan Nyu Yorkda chop etila boshlangan. Bugungi kunda Forbs o‘zining yirik biznes haqidagi maqolalari hamda turli shov-shuvli reytinglari bilan mashhur. Masalan “dunyoning 100 ta eng boy odami” yoki “Rossiyaning 100ta eng obro‘li kishilari” kabi reytinglarini doimiy ravishda e’lon qilib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0