Ekspertlar O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini o‘rganishdi

© SEIRSeminar v SEIR s uchastiyem eksperta Nemeskoy ekonomicheskoy gruppi Veroniki Movchan
Seminar v SEIR s uchastiyem eksperta Nemeskoy ekonomicheskoy gruppi Veroniki Movchan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertlar O‘zbekistonning YeOII va JSTga kirish istiqbollarini iqtisodiy modellar yordamida o‘rganib chiqishdi.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Berlin Economics konsalting kompaniyasi eksperti, Germaniyaning "GET Uzbekistan" ekspertlar guruhi a’zosi - Veronika Movchan hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va izlanishlar markazi ekspertlari O‘zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi hamda Jahon savdo tashkilotiga kirish istiqbollarini o‘rganib chiqishdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Ushbu tadbirning maqsadi – Umumiy muvozanat modeli yordamida O‘zbekistonning JST va YeOIIga kirishining iqtisodiy natijalarini o‘rganish.

Seminar davomida Movchan O‘zbekiston YeOIIga kirishi natijalarini Umumiy muvozanat amaliy-iqtisodiy model yordamida ko‘rsatib berdi va "yevroosiyo integratsiyasi haqida o‘zining chuqur bilimlari bilan baham ko‘rishdi", - deyilgan xabarda.

Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
YeOII mamlakatlari yagona pul birligiga o‘tadimi - ekspert javobi

O‘z navbatida Iqtisodiy tadqiqotlar markazi mutaxassislari ham O‘zbekistonning YeOIIga kirish natijalarini muqobil Umumiy muvozanat modeli yordamida ko‘rsatib berishdi.

Muhokamalar natijasida mutaxassislar Umumiy iqtisodiy modelni O‘zbekiston uchun kengaytirish va iqtisod tarmoqlari bo‘yicha chuqurlashtirishga kelishib olishdi. Bu kelajakda iqtisodga asoslangan siyosatni to‘g‘ri shakllashtirishga yordam beradi. Ekspertlar kelajakda ham hamkorlikni davom ettiirishga qaror qilishdi.

Umumiy muvozanat modeli – iqtisodiy termin bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida bir necha bozorlarda muvozanatga erishishni nazarda tutadi. Masalan, xom-ashyo bozorida un narxi oshsa, tayyor mahsulotlar bozorida nonning narxi ham oshadi. Lekin shu bilan birga aholi non iste’mol qilishi kamayishi, guruch iste’moli oshishi, novvoychilik sohasida ish o‘rinlari qisqarishi ham mumkin. O‘zgarishdan biroz vaqt o‘tib ushbu bozorlar o‘zaro muvozanatga keladi. Ana shunday usulda modellashtirish yordamida iqtisodda kutilayotgan o‘zgarishlar qanday natijaga olib kelishini prognoz qilsa bo‘ladi. Buni Umumiy muvozanat modeli yordamida o‘rganish deyiladi. 

Veronika Movchan – ukrainalik iqtisodchi ekspert, Yevrointegratsiya tarafdori. 

Yangiliklar lentasi
0