Maksim Oreshkin O‘zbekiston iqtisodiyoti imkoniyatlarini yuqori baholadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishForum "Delovaya Rossiya"
Forum Delovaya Rossiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U bu xaqda 30-noyabr kuni Moskvadagi Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabida bo‘lib o‘tgan  yig‘ilishda gapirgan. Video allaqachon YouTube-da ommalashgan

TOShKENT, 3 dek - Sputnik. O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq ittifoq hududida ikkinchi o‘rinni egallashi mumkin, dedi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin.

Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa ittifoqi Toshkentning YeOII va JSTga qo‘shilishida muammoni ko‘rmayapti

U bu xaqda 30-noyabr kuni Moskvadagi Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabida bo‘lib o‘tgan  yig‘ilishda gapirgan. Video allaqachon YouTube-da ommalashgan.

Bir talaba vazirdan, O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeAES) a’zo bo‘lganida, imtiyozlarga ega bo‘ladimi, deya so‘ragan.

Vazir bu savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi, faqatgina bu mavzu juda ko‘p muhokama qilinayotganini aytdi.

Shuningdek, u O‘zbekiston iqtisodiyotida katta islohotlar amalga oshirilayotganini va Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganida ko‘plab muammolar mavjud bo‘lganini qayd etdi.

"Aslida, men O‘zbekiston iqtisodiga taxminan 20-yil ichida sobiq ittifoq hududida Rossiyadan keyingi ikkinchi iqtisodga aylanishi mumkin bo‘lgan iqtisoddek qarayman", - dedi Oreshkin.

Ministr po integratsii i makroekonomike Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii  Glazyev - Sputnik O‘zbekiston
Glazyev: YeOII O‘zbekistondan konkret tashabbuslarni kutib qoladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston birgalikda rivojlanishiga imkon beradigan barcha yechimlarni topadilar.

Shuningdek, iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari barchani O‘zbekistonga taklif qildi.

"Men barchaga Toshkentga borishni maslahat beraman. Zamonaviy poyezd Toshkentdan Samarqand va Buxoroga olib boradi. Men barchangizga bahor faslidagi talabalar ta’tilida go‘zal mamlakat - O‘zbekistonni ko‘rib kelishni tavsiya qilaman"

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Maksim Oreshkin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholagan edi.

Tomonlar muloqotning yangi ko‘p bosqichli formati – ikki davlat bosh vazirlari darajasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning tashkil etilishi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga yordam berishini ta’kidladilar.

Yangiliklar lentasi
0