O‘zbekistonda GMO mahsulotlariga doir Kartaxena protokoli kuchga kirdi

© AP Photo / Wilfredo LeeBiolog izuchayet komarov s geneticheski modifitsirovannoy DNK
Biolog izuchayet komarov s geneticheski modifitsirovannoy DNK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda GMO mahsulotlarini yetishtirish, import yoki eksport qilish xavfsizligini belgilovchi Kartaxena protokoli kuchga kirdi.

TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda GMO-mahsulotlaridan xavfsiz foydalanish  bo‘yicha Kartaxena protokoli (bayonnomasi) kuchga kirdi,  deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Kartaxena protokoli - zamonaviy biotexnologiyani qo‘llash natijasida yetishtirilgan mahsulotlar, xususan tirik o‘zgartirilgan organizmlardan (GMO) foydalanishda, yetkazib berishda xavfsizlikni ta’minlash, biologik xilma-xillikni saqlab qolishga qaratilgan.

Ayni damda dunyoning 172 davlati ushbu Kartaxena protokolini imzolagan. O‘zbekiston ham ushbu bayonnomani 2000-yilning 29-yanvarida Monreal shahrida imzolagan edi.

Kartaxena shartnomasida aytilishiga ko‘ra, GMO mahsulotlari eksport qilayotgan davlat mahsulot tarkibida GMO borligi haqida import qiluvchi davlatni yozma ravishda  ogohlantirishi kerak. Shundan so‘ng import qiluvchi davlat GMO mahsulotini olib kirishga yozma ravishda rozilik berishi kerak.

 

 

Yangiliklar lentasi
0