TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 18 fevraldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi ketma-ket uchinchi hafta pasayishda davom etmoqda. Bu hafta 10,67 so‘mga arzonlashib, 9 528,49 so‘mni tashkil qildi.
© Foto: Markaziy bank matbuot xizmatiValyuta kurslari 18.02.2020 dan
Valyuta kurslari 18.02.2020 dan
© Foto: Markaziy bank matbuot xizmati
Yevro ham bu hafta arzonlashdi. Uning rasmiy kursi 119,35 so‘mga pasayib, 10 319,35 so‘mni tashkil qildi.
Uzluksiz pasayib kelayotgan Rossiya rublida bu hafta qimmatlashish kuzatildi. Rubl 1,30 so‘mga ko‘tarilib, 150,07 co‘mni tashkil qildi.