O‘zbekistonda yangi raqamli bank tashkil etiladi – MB

© Press-slujba SBKomitet po bankovskomu nadzoru SB Uzbekistana prinyal reshenie o vidache predvaritelnogo razresheniya na sozdanie sifrovogo banka "ANOR BANK"
Komitet po bankovskomu nadzoru SB Uzbekistana prinyal reshenie o vidache predvaritelnogo razresheniya na sozdanie sifrovogo banka ANOR BANK  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Raqamli bank “ANOR BANK” AJ dastlabki ruxsatnoma oldi. Bank Toshkent shahrida tashkil etilishi kutilmoqda.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi raqamli bank “ANOR BANK” AJni tashkil etishga dastlabki ruxsatnoma berdi.

Markaziy bank xabariga ko‘ra, qaror 9-mart kuni qabul qilingan va raqamli bank Toshkentda tashkil etiladi.

Ta’kidlanishicha, dastlabki ruxsatnoma olti oy muddatga beriladi. Ushbu davr mobaynida muassis tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun tegishli tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi va bank ustav kapitali shakllantirilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TBC Bank Toshkentda bank tashkil etishga ruxsatnoma olgan edi.

Yangiliklar lentasi
0