Malayziyaliklar Urganchda uchuvchilar tayyorlash markazini ochishi mumkin

CC0 / Unsplash / Mael BALLAND / Piloti v kabine samoleta
Piloti v kabine samoleta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Malayziyaning “Midlands Aviation Pacific Asia” kompaniyasi Urganch uchuvchilar tayyorlash markazi va logistika xabini ochishni rejalashtirmoqda. Kompaniya o‘z loyiha taqdimotlarini o‘tkazdi.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Malayziyaning “Midlands Aviation Pacific Asia” kompaniyasi Urganch shahrida uchuvchilar tayyorlash markazi va logistika xabini ochish istagini bildirdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Vazirlikda mazkur kompaniya ijrochi direktori Radj Daryradj boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

© Ministerstvo transporta respubliki UzbekistanV Ministerstve transporta proshla vstrecha s delegatsiyey pod rukovodstvom ispolnitelnogo direktora Malayziyskoy kompanii "Midlands Aviation Pacific Asia" Radja Daryradja
Malayziyaliklar Urganchda uchuvchilar tayyorlash markazini ochishi mumkin - Sputnik O‘zbekiston
V Ministerstve transporta proshla vstrecha s delegatsiyey pod rukovodstvom ispolnitelnogo direktora Malayziyskoy kompanii "Midlands Aviation Pacific Asia" Radja Daryradja

Unda Transport vaziri Elor G‘aniyev mamlakatda yangi investitsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotgan xorijiy kompaniya vakillariga fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar haqida batafsil ma’lumot bergan.

Ta’kidlanishicha, Radj Daryradj Urganch shahrida “Phils” kompaniyasi bilan hamkorlikda uchuvchilar tayyorlash markazi va xorijiy davlatlarga O‘zbekistondan yuklarni tashishga ixtisoslashgan zamonaviy logistika xabini ochish istagida ekanligini bildirgan.

Shuningdek, uchrashuvda bu boradagi kompaniya loyihalari taqdimoti o‘tkazilgan.

Tomonlar mazkur loyihalarni hayotga tadbiq etish borasida maxsus ishchi guruhi tuzgan holda hamkorlikda ishlashga kelishib oldi.

Yangiliklar lentasi
0