O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon darosi havzasida GES qurish masalasini muhokama qilmoqda

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishStroitelstvo GES
Stroitelstvo GES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurilgan gidroelektrostansiyalar faqat O‘zbekiston ehtiyojlari uchun 1400 mln kVt.s  ekologik sof elektr energiya ishlab chiqaradi. 

TOShKENT, 13 mar - Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon darosi havzasida GES qurish, uni ekspluatatsiya qilish tartibi va ulushbay ishtirok etish shartlari to‘g‘risidagi Hukumatlararo Bitim loyihasini muhokama qilishda davom etmoqda.

Stroitelstvo gidroelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 16 ta yangi mini GES quriladi va 4 ta GES modernizatsiya qilinadi

O‘zbekiston – Tojikiston ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi mart oyida Dushanbe shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tojikistonda Zarafshon darosida umumiy quvvati 320 MVt ga teng ikkita GES qurish masalasini o‘rganib chiqish O‘zbekiston prezidenti va Tojikiston prezidentining 2018-yil avgust oyida imzolangan Qo‘shma bayonotida ko‘zda tutilgan.

Gidroelektrstansiyalarni bosqichma bosqich qurish rejalashtirilgan: avvaliga qiymati 282 mln doll. ga teng, quvvati 140 MVt  tashkil etuvchi hamda 700-800 mln kVt-saot elektroenergiya  ishlab chiqaruvchi Yovon GESi qurilishi ko‘zda tutilmoqda.

Navbatdagi bosqichda tomonlar Fandaroda qiymati 270 mln doll. ga teng, quvvati  135 MVt ni tashkil etuvchi hamda  500-600 mln kVt-soat  elektroenergiya ishlab chiqaruvchi GES qurilishi mo‘ljallangan.

Stroitelstvo gidroelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 16 ta yangi mini GES quriladi va 4 ta GES modernizatsiya qilinadi

Loyihani moliyalash xalqaro moliyaviy tashkilotlarning qarz va grant mablag‘lari, shuningdek  tomonlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Qurilgan gidroelektrostansiyalar faqat O‘zbekiston ehtiyojlari uchun 1400 mln kVt.s  ekologik sof elektr energiya ishlab chiqaradi.  

Shuningdek loyiha yagona energo tizimni qo‘llab-quvvatlashga hamda GES ni birga qurish va ulardan foydalanish jarayonida qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga, shuningdek elektr energiyani teng asosda O‘zbekiston va Tojikistonga yo‘naltirishga ko‘maklashadi.

Plotina GES na reke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston hamkorlikda Zarafshon darosida GES quradi

Ilk bor Tojikiston tomonidan taqdim qilingan Zarafshon darosida GES qurilishida ulushbay ishtirok etish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim loyihasi 2019-yil 24-aprelda O‘zbekistonning manfaatdor vazirliklari va idoralari vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqildi.

2020 yil 28-29 yanvar kunlari  Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Zarafshon darosi havzasida GES qurish va uni ekspluatatsiya qilish tartibi va ulushbay ishtirok etish shartlari to‘g‘risidagi Hukumatlararo Bitim loyihasini muhokama qilish bo‘yicha O‘zbekiston – Tojikiston ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma ishchi guruhning navbatdagi majlisida investitsiyalarni himoya qilish va xatarlar darajasiga ta’sir etuvchi O‘zbekiston tomonidan kiritilgan o‘zgarishlar, bahsli masalalarni ko‘rib chiqish mexanizmi, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini O‘zbekiston tomonidan xarid qilish tartibi va boshqalar muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0