O‘zbekistonda biznes “fors-major” rejimiga o‘tmoqda

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sertifikatlarni rasmiylashtirishda respublikaning xo‘jalik subyektlariga yordam berish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Dunyodagi epidemiologik vaziyat va O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishi tufayli hukumat shartnomalar bajarilmagan taqdirda biznes uchun “fors-major” rejimini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish uchun vazirlikka tadbirkorlik subyektlarining talablariga binoan yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish topshirilgan.

“Sertifikatni bir kunda olish mumkin (agar fors major holati koronavirus bilan bog‘liq bo‘lsa)”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik sertifikatlarni rasmiylashtirishda respublikaning xo‘jalik subyektlariga yordam berish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

O‘zbekistonda koronavirus tufayli eng katta zarar ko‘rayotgan sohalar aytildi

Fors-major – bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tashqi savdo bitimlari (shartnomalar) va xalqaro shartnomalar bo‘yicha tomonlarga qabul qilingan  majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlardir.

Yangiliklar lentasi
0