Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 15 % darajasida belgilandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZnak protsenta
Znak protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy bankining asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 15 % darajasida belgilandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

“Markaziy bank Boshqaruvining 2020-yil 14-apreldagi navbatdan tashqari yig‘ilishi qaroriga asosan Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu qaror bo‘yicha batafsil 15-aprel kuni tashkil etiladigan Markaziy bank raisi ishtirokidagi onlayn brifingda tanishish mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank boshqaruvining 2020-yil 5-martdagi qarori bilan asosiy stavkasi yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirilgan edi. Ushbu qaror tartibga solinadigan narxlarning kutilayotgan erkinlashtirilishi hamda koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi iqtisodiy noaniqliklarning kuchayishi bilan izohlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0