Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishKartofel
Kartofel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2023 yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirish hamda sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

Noviy sort kartofelya. - Sputnik O‘zbekiston
Jahonda oziq-ovqat tovarlari narxi oshib borayotgan bir vaqtda O‘zbekiston qanday yo‘l tutadi?

Qaror bilan iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urug‘lik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi.

2023 yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.

Yangiliklar lentasi
0