Biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi

© Sputnik / Ilya PitalevMujchina s portfelem v rukax
Mujchina s portfelem v rukax  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kichik biznes vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar kelgusi uch oy davomida yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va aholini pandemiya sharoitida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari davom ettirilishini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Birinchidan, kichik biznes va fermer xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasi may-iyul oylarida 12 foizdan 1 foizga tushiriladi. Buning natijasida 260 mingdan ziyod korxona va fermer xo‘jaliklari jami 650 milliard so‘m mablag‘larni tejagan holda, ularni sarmoya va aylanma mablag‘ sifatida ishlatish imkoniga ega bo‘ladi.

Ikkinchidan, kichik biznes vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar kelgusi uch oy davomida yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi. Buning hisobiga 50 mingdan ortiq tadbirkor 300 milliard so‘mni tejaydi va ularning aylanma mablag‘i ko‘payadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev obratilsya k narodu  v svazi s situatsiyey vokrug koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Prezident mahalla va oilalarga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalarni belgilab berdi

Shuningdek, avvalgi qarorga asosan, aprel-may oylarida 1 mingdan ziyod tadbirkorning yer va mol-mulk soliqlari va penyalari bo‘yicha kechiktirilgan 80 milliard so‘m to‘lovlari kechib yuboriladi.

Uchinchidan, tadbirkorlarga bojxona to‘lovlarini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi. Bu ularga jami 540 milliard so‘mni tejash hamda ushbu mablag‘larni o‘z biznesini rivojlantirishga yo‘naltirish imkonini beradi.

To‘rtinchidan, ehtiyojmand oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida nafaqa oluvchi oilalar soni qo‘shimcha 70 mingtaga yoki 10 foizga ko‘paytirilib, budjetdan yana 200 milliard so‘m ajratiladi.

Beshinchidan, ilgari stavkasi 22 foizgacha bo‘lgan investitsiya kreditlari bo‘yicha foizlar qisman davlat tomonidan qoplab berilgan bo‘lsa, endi stavkasi 26 foizgacha bo‘lgan kreditlarning foizlari ham qisman qoplab beriladi.

Shuningdek, tadbirkorlarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 500 milliard so‘mgacha (ilgari 10 milliard so‘mgacha) berilgan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya miqdori 5 foizdan 10 foizga oshiriladi.

Oltinchidan, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joriy qilingan aholiga yakka tartibda uy-joy qurish va ta’mirlash uchun kredit berish tajribasi Toshkent shahrida ham tatbiq etiladi. Shu orqali poytaxtda qariyb 10 mingta mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po sifrovizatsii ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev karantin talablari yumshatilishda davom etishini aytdi

Yettinchidan, mahalliy korxonalarning mahsulotiga nisbatan ichki talabni oshirish va shu orqali ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tashkilotlariga III-IV chorakdagi xaridlarini II chorakda amalga oshirish huquqi beriladi.

Umuman, iqtisodiyotni va fuqarolarni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun budjetdan qo‘shimcha 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan oyning o‘zida 250 mingta tadbirkor va korxona, 83 mingta fermer xo‘jaligining jami 400 milliard so‘mlik soliq va boshqa to‘lovlarini to‘lash muddati kechiktirildi. Davlat mulkidan foydalanayotgan 11 mingdan ortiq tadbirkor ijara to‘lovidan ozod bo‘ldi.

Ehtiyot choralari ta’minlangan holda, karantin davrida ishlamagan 14 mingta sanoat korxonasidan hozirgi kunda 10 mingtasi o‘z faoliyatini qaytadan boshladi. Ularning 178 ming xodimi o‘z ish joyiga qaytdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birgalikda hozirgi kunda ishlamay turgan 4 mingta sanoat korxonasi muammolarini birma-bir o‘rganib, ularning faoliyatini may oyi oxirigacha yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yangiliklar lentasi
0