O‘zbekiston yil boshidan buyon 1,7 mlrd dollarlik mahsulot eksport qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnaya turisticheskaya yarmarka v Tashkente
Mejdunarodnaya turisticheskaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning dastlabki choragida bojxona postlarida eksportga chiqarilayotgan tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruviga o‘rtacha 53 daqiqa sarflangan.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston 2020-yilning yanvar-aprel oylarida 1,7 mlrd dollarlik mahsulotlarga xorijga eksport qildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, respublikada eksportor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, qulayliklar va erkinliklarni o‘zida qamragan yangi tartiblar joriy qilinmoqda.

Mejdunrodnaya yarmarka ovoshey i fruktov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Prezident meva-sabzavot eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi

Masalan, tovarlar uchun eksport boji bekor qilindi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar qisqartirildi, eksportdan tushgan valyuta mablag‘larini davlatga majburiy sotish kabi burokratik tartiblar bekor qilindi.

Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi yuridik shaxslar eksportni dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirishmoqda.

Eksport kontraktini tuzishga hojat yo‘q - invoysning o‘zi yetarli. Tadbirkorlik subyektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishmoqda va mahsulotlarning eksport narxlarini erkin belgilashmoqda.

Amaldagi tartiblarga binoan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

“2020 yilning yanvar-aprel oylarida esa rasmiylashtirilgan 3 mingta yaqin eksport bojxona deklaratsiyalari asosida 1,7 mlrd. AQSh dollarlik mahsulotlarga xorijga eksport qilindi”, - deyilgan xabarda.

Milliy mahsulotlar hozirda dunyoning 73 ta davlatiga yetib bormoqda. Mazkur davlatlar ro‘yxatida Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Afg‘oniston kabi mamlakatlar oldingi qatorlarda turadi.

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlar yil boshidan buyon  186 mln dollar qiymatidagi meva-sabzavotlarni xorijga eksport qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0