Ayrim mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi kamaytiriladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZnak protsenta
Znak protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra, 2020-yilning 1-mayidan 1-iyuligacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim  mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi kamaytiriladi.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Aholi va tadbirkorlar 3 oyga mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi

Shavkat Mirziyoyevning 18-maydagi 5996-sonli farmoniga ko‘ra, 2020-yilning 1-mayidan 1-iyuligacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi.

Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020-yil 1-sentabrgacha to‘xtatiladi.

Bunda ularga 2020-yil 15-may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berildi.

Yangiliklar lentasi
0