O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin ishlab chiqarish to‘xtatiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSotrudnik avtozapravochnoy stansii zapravlyayet avtomobil kliyenta
Sotrudnik avtozapravochnoy stansii zapravlyayet avtomobil kliyenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida AI-91, AI-93, AI-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish kutilmoqda.

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” AJ Ai-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida AI-91, AI-93, AI-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish, shuningdek, to‘liq Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tish kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va ishchi guruh a’zolari Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdi.

Qayd etilishicha, Abdullayev zavod mutaxassislari hamda zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiruvchi guruh bilan uchrashib, loyiha istiqbollarini muhokama qildi.

Tashrif yakunida investitsion loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun taqdimotni tayyorlab topshirish, shuningdek, FEED loyihasini, shu jumladan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit shartlari bo‘yicha takliflarni o‘rganish va joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0