O‘zbekiston statistikasi ko‘rsatgichlarni yanada yaxshiroq aks etadigan bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Jahon banki mutaxassislari yordamida O‘zbekiston statististika tizimi xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi.

TOShKENT, 2-iyun - Sputnik. O‘zbekiston statistika tizimi xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida 1-iyun kuni bo‘lib o‘tgan milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tildi.

"Statistika tizimi qanchalik haqqoniy va ochiq bo‘lsa, islohotlar shunchalik to‘g‘ri va natijador bo‘ladi", - deyilgan prezident nutqida.

Ushbu sohada O‘zbekistonda so‘nggi 3-yilda qator ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, inflyatsiyani hisoblash usuli xaliaro standartlarga moslashtirildi, kuzatuvdagi tovarlar tarkibi kengaytirildi, davlat budjeti, tashqi qarz, oltin zaxirasi va tabiiy boyliklar haqidagi moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar ochiq e’lon qilish boshlandi.

Lekin iqtisodning ayrim sohalari ko‘rstagichlari yanada takomillashtirishni talab qiladi:

  • ishsizlikni aniqlashda, so‘rov o‘tkazish tartibini takomillashtirish va qamrovni kengaytirish;
  • sog‘liqni saqlash tizimida kasalliklarni davolash xarajatlarini hisob mexanizmi joriy etishi belgilandi. Busiz tibbiy sug‘urtani amaliyotga kiritib bo‘lmaydi;
  • soliq va statistika idoralari o‘rtasida avtomatlashgan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali inflyatsiyani hisoblash xarajatlarini keskin qisqartirish mumkin;
  • Markaziy bank, Moliya vazirligi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar statistik ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasi, Davlat statistika qo‘mitasiga ta’lim, qishloq xo‘jaligi, tashqi savdo, transport, qurilish, ekologiya, turizm va yana qator sohalar statistikasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Davlat idoralarining statistikani shakllantirish jarayonini audit qilish bo‘yicha ham ko‘rsatma berildi.

Undan tashqari 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish jarayoni hozirdan puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligi ta’kidlandi. Ushbu sohaga xorijlik mutaxassislarni jalb etish, kadarlar malakasini oshirish vazifasi qo‘yildi. 

Yangiliklar lentasi
0