O‘zbekistonda Volkswagen Caddy savdosi iyuldan boshlanadi

© AFP 2023 / ERIC PIERMONTVolkswagen Caddy
Volkswagen Caddy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Jizzax Avto” qurilish ishlari yakuniy bosqichida turibdi. Zavod va ofisning asosiy qismi binolari bitkazildi va foydalanish uchun tayyor.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Volkswagen Caddy rusumli avtomobillar savdosi shu yilning iyul oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ xabar qilmoqda.

Avtomobil Volkswagen Caddy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2020-yilda Volkswagen Caddy avtomobili ishlab chiqariladi

Ma’lum qilinishicha, “Jizzax avtomobil zavodi”ning qurilish ishlari yakuniy bosqichida turibdi. Zavod va ofisning asosiy qismi binolari bitkazildi va foydalanish uchun tayyor.

Ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish maqsadida O‘zbekistonga Volkswagen Caddy avtomobillarining bir qismi keltirilib, ular sertifikatsiya bo‘yicha vakolatli organlarga topshirilgan.

“Jizzax Avto” MChJ bilan hamkorlik qiluvchi respublika hududlaridagi qator dilerlik korxonalar tanlab olindi.

“Shuni ta’kidlash joizki, “Volkswagen Caddy” rusumli avtomobillar savdosi shu yilning iyul oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida “Jizzax Avto” kompaniyasi va dilerlik korxonalari xodimlarini “Folksvagen” brendi global standartlariga muvofiq o‘qitish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi.

Ma’lumot uchun: Volkswagen Caddy - 7 o‘rindiqli (5-o‘rindiqli ko‘rinishi ham mavjud) yo‘lovchi va yuk miniveni. Avtomobil ham biznes yuritishga, ham oilaviy foydalanish uchun to‘g‘ri keladi. Tejamkor va texnologik (MPI) dvigatel 1,6 litr quvvatga ega, benzinda ishlaydi. Yoqilg‘i sarfi – shaharda 100 km.ga 9,3 litr, trassada 100 km.ga 6,1 litr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zavtosanoat” AJ va “Folksvagen Grup Rus” konserni o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0