O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yana bir hujjat kuchga kirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatga binoan, ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida axborot almashishning yangilangan tartibi nazarda tutilmoqda. Bitim soliqlarni undirishda ko‘maklashishga oid yangi norma bilan to‘ldirilmoqda

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 1996-yil 8-maydagi Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma 9-iyuldan e’tiboran kuchga kirdi.

Hujjat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-oktabrda Turkiyaga tashrifi davomida imzolangan.

Denejnie kupuri SShA. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

Hujjatga binoan, ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida axborot almashishning yangilangan tartibi nazarda tutilmoqda, shuningdek, Bitim soliqlarni undirishda ko‘maklashishga oid yangi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Tuzatishlar “soliq shaffofligi”ni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu ikki mamlakatning jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish va bitim qoidalarini ikki mamlakatning amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiqlashtirish zaruriyati bilan belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0