Hind kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarmoqchi

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonning “UNO Minda” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqchi.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Hindistonning “UNO Minda” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqchi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi “UNO Minda” kompaniyasi raisi va boshqaruvchi direktori Nirmal Minda bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

“Muzokaralar chog‘ida Nirmal Minda Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish, kelajakda esa boshqa ehtiyot qismlarni (klakson va dinamik) ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi”, - deyilgan xabarda.

“UNO Minda” 1958-yilda tashkil etilgan bo‘lib, avtomobillar, ikki va uch g‘ildirakli transport vositalari uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Volkswagen Eco - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda “Volkswagen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi

Kompaniya Hindiston, Indoneziya, Vyetnam, Ispaniya, Marokash, Meksika va Kolumbiyada 62 ta ishlab chiqarish obyektlariga ega. Bosh ofisi Xaryana shtatining Manesar shahrida  joylashgan.

Kompaniya Manesar va Sonepat (Xaryana), shuningdek, Puna (Maxarashtra) shaharlarida muhandislik, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlariga ega. Kompaniyaning yillik savdo aylanmasi 1,1 milliard AQSh dollaridan ziyod.

Yangiliklar lentasi
0