Tojikiston O‘zbekiston va Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatmoqda

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach v okrestnostax sela Partizanskoe v Krimu
Linii elektroperedach v okrestnostax sela Partizanskoe v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston hukumati Norak suv omboridagi suvning misli ko‘rilmagan darajada pastligini, va bu mamlakat energetikasi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Norak suv omboridagi suv hajmining pasayishi munosabati bilan Tojikiston hukumati bir qator favqulodda choralarni ko‘rishga majbur bo‘ldi, deyiladi Tojikiston hukumatining murojaatida.

“Barki Tochik” kompaniyasi Tojikiston hududida bir qator cheklovlarni joriy qilmoqda.

Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Turkmanistondan elektr energiyasi import hajmi oshirildi

Xususan, Tojikiston xalqaro shartnomalarda belgilangan muddatdan oldin O‘zbekiston va Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatdi.

Ushbu tadbirlarning yagona maqsadi - kuz-qish mavsumida elektr uzilishining oldini olish uchun Norak suv omborida suvni zaxira qilish.

Tojikiston hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, Vaxsh va Panj darolarining shakllanishi hududida yog‘ingarchilik miqdori juda kam bo‘lganligi sababli (avvalgi yillar hajmining qariyb 50%) Nurek suv omborida suv sathi o‘tgan yilga nisbatan 17 metrga kamaydi.

Yangiliklar lentasi
0