Toshkentda Rossiya savdo uyi ochiladi

© Sputnik / Yuriy KorsunsevX Aziatskaya konferensiya Valdayskogo kluba v Samarkande. Flagi Rossii i Uzbekistana
X Aziatskaya konferensiya Valdayskogo kluba v Samarkande. Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda (Toshkent shahrida) Rossiya savdo uyi va Rossiyada (Samara shahrida) O‘zbekiston savdo uyini ochish bo‘ycha loyihalarning borishi yuzasidan fikr almashildi

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyatiga bag‘ishlangan vebinar davomida Rossiya va O‘zbekiston vakillari O‘zbekistonda (Toshkent shahrida) Rossiya savdo uyini va Rossiyada (Samara shahrida) O‘zbekiston savdo uyini ochish bo‘ycha loyihalarning borishi yuzasidan fikr almashdilar.

Flagi stran-uchastnis YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOIIning 5-yillik strategiyasi - Putin asosiy vazifalar haqida

Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi, "Rossiyskiy eksportniy sentr" va "Azia-Invest Bank" Aksiyadorlik jamiyatlari rahbariyati va vakillari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarining zamonaviy holati va ularni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilingan.

Mamlakatlar o‘rtasida eksport yoki import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur moliyaviy vositalarni ishlab chiqish zarurligi qayt etilgan.

Flagi stran-uchastnis YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII oziq-ovqat eksportiga qo‘yilgan cheklovni bekor qiladi

O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan Rossiya kompaniyalarining tajribasi va muvaffaqiyatlari atroflicha tahlil etilib, bu boradagi mavjud muammolar ko‘rsatib o‘tilgan va ularni hal etish yo‘llari taklif etilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur tadbir O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan davlat rahbari belgilab bergan Rossiya bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, mahalliy tadbirkorlarga Rossiya bozoriga kirishda ko‘maklashish, Rossiya sarmoyasi va texnologiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalarini amalga oshirishga qaratilgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0