Qamchiq dovonida yangi tonnel quriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPereval Kamchik
Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Qamchiq dovonida yangi tonnel qurish bo‘yicha tender-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tender e’lon qilish muhimligini ko‘rsatib o‘tdi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik.  Shavkat Mirziyoyev energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Unda Qamchiq dovonida yangi tonnel qurish vazifasi topshirildi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, transport va logistika tarmog‘i sohasida amalga oshirilayotgan ishlar umuman qoniqarli emas.

Avtomobili v tonnele - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilmoqda

Sohani rivojlantirishning keyingi davrida 27 milliard dollar talab etilishi ma’lum qilindi.

Misol uchun, bugungi kunda Qamchiq dovoni orqali Toshkentdan Andijonga borish uchun tirbandliklar sababli 5-6 soat vaqt sarflanadi, 22 ming avtomobil o‘tadi.

Bu ko‘rsatkich kelgusi 5-yilda 40 mingga yetadi. “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘li ishga tushgan taqdirda masofani bosib o‘tish 3 soatgacha qisqaradi, transport harakati esa 70 foizgacha oshadi.

“Shu bois davlatimiz rahbari Qamchiq dovonida yangi tonnel qurish bo‘yicha tender-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tender e’lon qilish muhimligini ko‘rsatib o‘tdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida muqobil tonnel qurilishi muhokama qilingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0