Aeroportlar “paket prinsipi” asosida sheriklikka beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAeroport v gorode Buxara, Uzbekistan
Aeroport v gorode Buxara, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarini “paket prinsipi” (zarar bilan ishlayotgan havo portlarini foyda keltirayotganlari bilan sheriklikka berish) asosida sheriklikka berish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarini “paket prinsipi” (zarar bilan ishlayotgan havo portlarini foyda keltirayotganlari bilan sheriklikka berish) asosida sheriklikka berish bo‘yicha texnik topshiriqlar ishlab chiqish vazifasini topshirdi.

Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Qamchiq dovonida yangi tonnel quriladi

Bu haqda prezident energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimotda ma’lum qildi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur aeroportlarni sheriklikka berish bo‘yicha texnik topshiriqlar ishlab chiqish Jahon banki bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Xalqaro ekspertlarning tahliliga ko‘ra, O‘zbekistondagi mavjud aeroportlarni modernizatsiya qilish uchun o‘rtacha 800 million dollar talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0