“Škoda Kodiaq” avtomobilining O‘zbekistondagi narxi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishLogotip Škoda
Logotip Škoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda “Škoda Kodiaq” ikkita komplektatsiyada taqdim etiladi. Narxi komplektatsiyasiga qarab 347 mln so‘mdan 399 mln so‘mgacha tashkil qiladi.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Joriy yil 20-oktabr kuni Škoda Kodiaq avtomobilining O‘zbekiston bozoriga chiqishiga bag‘ishlangan taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Kodiaq” mintaqaning iqlim va ekspluatatsiya sharoitlari hisobga olingan holda ishlab chiqariladi va unga 180 ot kuchi hamda 320 Nm aylanuvchi momentga ega turbodvigatel (2.0 Turbo) o‘rnatiladi. Avtomobil DSG 7 yetti pog‘onali uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Shuningdek, u yomon yo‘llar uchun “aqlli” to‘liq uzatma hamda panorama tomga ega.

O‘zbekistonda “Škoda Kodiaq” ikkita komplektatsiyada taqdim etiladi:

  • besh o‘rindiqli Ambition - 347 million so‘m;
  • yetti o‘rindiqli Style - 399 million so‘m.

Ta’kidlanishicha,  yaqin haftalar ichida Toshkent va Qo‘qonda yana ikkita dilerlik markazini ochish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0