2020 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi kamaydi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti
Denejnie kupuri i moneti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilda O‘zbekiston tashqi savdo hajmi qisqargan bo‘lsa-da, sarmoyalari miqdori o‘sgan. Bu kelajakda iqtisod tezroq tiklanishiga umid beradi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. 2020 yilning yanvar – dekabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo oboroti 36,29 milliarda dollarni tashkil qildi. Bu 2019-yilga nisbatan 13,1%ga past, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qo‘mitasi.
“2020 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 26,299 milliard dollarni tashkil qildi. Bu 2019-yilga qaraganda 5,452 milliarda dollarga kam”, -  deyilgan xabarda.
Statistika qo‘mitasi shuningdek O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkorlarini sanab o‘tgan:
  1. Xitoy - umummiy tashqi savdo hajmidan 17,7%
  2. Rossiya - 15,5%;
  3. Qozog‘iston - 8,3%;
  4. Janubiy Koreya  - 5,9%;
  5. Turkiya - 5,8%.
O‘tgan 2020-yilda O‘zbekiston eksportining asosiy mahsulotlari – oltin va qimatbaho metallar (38,3%), sanovat mahsulotlari (19,2%), xizmatlar (13,2%) va oziq-ovqat mahsulotlari (8,5%) bo‘lgan.
Asisiy import mahsulotlari esa - mashini va uskunalar (37,6%), sanoat mollari (16,9%), kimyo sanoati mahsulotlari va plastmassa (6,8%), oziq-ovqat (8,7%) va xizmatlar (5,7%).
Biroz oldin Stastistika qo‘mitasi Respublikaga kiritilgan investitsiyalar miqdorini ham e’lon qilgan edi. Keltirilgan ma’lumotlarda aytilishiga ko‘ra 2020-yilda sarmoyalar miqdori – 6,6 milliard  dollarni tashkil qilgan va 2019-yilgan nisbatan 101,5%ga o‘sgan.
2021 yilda kutilayotgan investitsiyalar miqdori 10,5 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Undan 7,6 milliardi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan xorijiy investitsiyalardir. 
Yangiliklar lentasi
0