Surxondaryoda o‘ta xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Guliston mahallasida yashovchi fuqaro Suriyada xalqaro terroristik tashkilot safiga borib qo‘shilgan

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Guliston mahallasida yashovchi O‘tmas Mansurov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar qildi respublika hukumat portali.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston janubida YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, tergovga qadar olib borilgan surishtiruv ishlari chog‘ida uning 2014-yil kuz faslida Moskva shahriga ishlash uchun ketib, yollanma ishchi sifatida mehnat qilgani va hozirda qidiruvda bo‘lgan akasi Safar Salomovning da’vati ta’sirida faoliyati ta’qiqlangan "Jihodchilar" diniy ekstremistik oqimga a’zo bo‘lgani aniqlangan.

Shundan so‘ng, O‘tmas oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, Rossiya Federatsiyasidan Turkiya davlatiga chiqib ketgan.

Suriyada xalqaro terroristik tashkilot safiga borib qo‘shilgan. O‘sha yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, ta’qiqlangan tashkilot faoliyatini kengaytirish, kelgusida "jihod" qilish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi faoliyat yuritgan.

Hozirgi vaqtda 23 yoshli O‘tmas Mansurovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0