O‘zbekistonda "jinsiy qullik"ka jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan Qozog‘iston fuqarosiga 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston huquq tartibot organ xodimlari fohishalik bilan shug‘ullanish uchun ayollarni jo‘natish ishlarini yo‘lga qo‘yishda gumonlanayotgan Qozog‘iston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Ustanovka veb-kameri - Sputnik O‘zbekiston
Post-patrul xizmati xodimlari videokamera bilan ta’minlanadi

Xabarda aytilishicha, 2018-yil 6-mart kuni fuqaro G.O. Sirdaryo viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro M.Sh. va 1975-yilda tug‘ilgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi S.N.lar uni Qozog‘iston Respublikasi, Ostona shahrida fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborib, har oyda 2000 dollari pul topishini, foydasining 50 foizini ularga berishini aytib qiziqtirayotganliklarini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

2018 yil 9-mart kuni ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida N.S. va Sh.M.lar Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent shahriga Sirdaryo tumani, Quyosh MFYda joylashgan "Sirdaryo" chegara maskani orqali G.O.ni shaxvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborishmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi "e,z" bandlari (odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o‘tgan holda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0