Tumenda migrantlarni olib ketayotgan mikroavtobus "Mersedes"ga to‘qnashdi, qurbonlar bor

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat muxojirlariga yordam berish xalqaro assotsiatsiyasi YTH bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari jasadlarini vatanga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashini ma’lum qilgan.

TOShKENT, 12 fev - Sputnik. 11-fevral kuni Tumen – Xanti-Mansiysk trassasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Tela pogibshix v Aktobe privezli v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Migrant jasadini jo‘natish harajatlarini kim qoplashi kerak - TIV javobi

Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, yuz bergan avariyada ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, bir nafari Tumen shahrining 2-sonli shahar shifoxonasiga yetkazilgan.

1984-yilda tug‘ilgan Shuhratbek Toshkentboyev va 1983-yilda tug‘ilgan Baxtiyor Sayaxmedov YTH oqibatida vafot etganlar.

1976 yil tug‘ilgan Kurvonjon Mirzaaxmedov esa jarohat olgan.

"Standart plyus" MChJ Mehnat muhojirlariga ko‘maklashish xalqaro assotsiatsiyasi (ishga qabul qiluvchi firma) ma’lumotiga ko‘ra mehnat faoliyatini amalga oshirish ruxsatini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 20 ta yo‘lovchi bilan (barchasi O‘zbekiston fuqarolari) Tobolsk shahridan Tumen shahriga yo‘l olgan “Mercyedes” rusumli mikroavtobus yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Mikroavtobusdagi qolgan 17 nafar fuqaro jarohatlanmagan va keyinroq o‘z hujjatlarini rasmiylashtirib, Tobolsk shahriga qaytib kelgan.

Mehnat muxojirlariga yordam berish xalqaro assotsiatsiyasi YTH bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari jasadlarini vatanga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashini ma’lum qilgan.

Bosh konsulxona tomonidan o‘zbekistonliklarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tashkilotlar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0