Toshkentda fuqaro bankka ko‘p miqdorda qalbaki valyuta olib keldi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishKupuri yevro raznogo nominala
Kupuri yevro raznogo nominala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bankka topshirilgan 29 ming yevro pul mablag‘lari qalbaki ekanligi aniqlangan.

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Departamentning Mirobod tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari hamkorlikda, bank tomonidan berilgan xabarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro A.Z. tomonidan ATB “Asaka bank” Yunusobod filialiga milliy valyutaga ayriboshlash uchun taqdim etilgan 58 dona 500 yevro kupuralik, jami 29 ming yevro pul mablag‘lari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada 5000 AQSh dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga olingandi.

“Tekshirish jarayonida fuqaro X.X.da qalbaki 50 dollarlik kupuralardan iborat 100 dona, jami 5000 AQSh dollari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek, X.X. ushbu qalbaki dollarlarni fuqaro X.T.dan olganligini ma’lum qilgan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan ekspertiza ushbu qalbaki AQSh dollarlari kompyuter vositasida rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlagan.

Yangiliklar lentasi
0