Rashk ortidan qotillik: Xorazmda jinoyatchi qo‘lga olindi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prokuratura O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati 13-may kuni Xorazm viloyatida yuz bergan qotillik haqida xabar qildi.  

Pojar v jilom dome v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida ikki qo‘shni xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, 13.05.2019 yil soat 13:00 larda Shovot tumani, “Arbek” mahallasida yashovchi fuqaro M.O. (1973 y.t.) turmush o‘rtog‘i F.E.ni rashk qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan janjal sababli, yashash uyida oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan, oqibatda F.E. (1978 y.t.) voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida tuman prokuraturasi tomonidan M.O.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.O. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0