Toshkent viloyatida tabiatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan brakonyer qo‘lga olindi

© Sputnik / StringerRiba, izyataya u brakonyerov v xode reyda inspektorami goskomprirodi
Riba, izyataya u brakonyerov v xode reyda inspektorami goskomprirodi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining dalolatnomasiga asosan 6942 dona baliqlarning noqonuniy ovlanishi aniqlangan.

TOShKENT, 16-may – Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo‘limi xodimlari Toshkent viloyatida tabiatga 281,5 million so‘mlik zarar yetkazgan brakonyer qo‘lga oldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Spetsialist ekspertno-kriminalisticheskogo sentra issleduyet marixuanu - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda uch xonadonda berkitilgan og‘u fosh etildi

Xabarda aytilishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Angren darosining Ohangaron tumani, Qayirma qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi qismida fuqarolar V.B. va boshqalar taqiqlangan ov quroli hisoblangan elektr qarmoq bilan baliq ovlayotganligi aniqlanib, ulardan “SEAHAWK II” nomli qayiq, elektr qarmoq, akkumulyator va 6942 dona ovlangan baliqlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining dalolatnomasiga asosan 6942 dona baliqlarning noqonuniy ovlanishi natijasida hayvonot yoki o‘simlik dunyosiga 281,5 mln. so‘mlik juda ko‘p miqdordagi zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan V.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0