O‘zbekiston yana bir darg‘asidan ayrildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSvecha, gvozdiki
Svecha, gvozdiki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli kino va teatr aktrisasi Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi.

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi, deb xabar qildi o‘zbek OAVlari.

Gulbahor Yo‘ldosheva - taniqli kino va teatr aktrisasi. Bir qator seriallarda suratga tushib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan.

"O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, o‘zbek Medeyasi, o‘ziga xos, betakror iste’dod sohibasi Gulbahor Yo‘ldosheva olamdan o‘tdi. Gulbahor Yo‘ldosheva ayni kunlarda kinorejissor ham aktor, opaning sahnadagi yelkadoshlaridan biri Dilmurod Masaidov suratga olayotgan «Qo‘qon shamoli» badiiy filmida band edilar", — deb yozgan jurnalist Shohira Hamro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

"Qalampir" nashri aktrisa bugun Toshkent shahrida dafn etilishini xabar qilgan.

Yangiliklar lentasi
0