Moskvada migrantlar ishtirokida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda bir kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Maksim BlinovPolitseyskiy patrul
Politseyskiy patrul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ommaviy mushtlashuvda bir kishi o‘ldirildi, yana uch kishi turli darajadagi tan jarohati oldi.

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. Moskva shahrida “Elektrozavodskaya” stansiya metrosi yaqinida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda “MK” nashri xabar qilmoqda.

Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgdagi ommaviy mushtlashuvda to‘rt nafar o‘zbekistonlik pichoqlandi

Ma’lum qilinishicha, pichoqbozlik oqibatida O‘rta Osiyo millatiga mansub migrant halok bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining xabar qilishicha, migrantlar mast holatda o‘zaro janjallashishgan.

Mushtlashuvda 4 kishi ishtirok etgani taxmin qilinmoqda. Ulardan uch nafari turli jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, yana biri esa olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Tergovchilar hodisa joyini ko‘zdan kechirib, janjalning barcha ishtirokchilarini aniqlashmoqda.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0