Tovlamachilikning yangi turi – Buxoroda "lizingga avtomobil olib beruvchilar" ushlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoroda bir guruh shaxslar qalbaki hujjatlar yordamida GM Uzbekistan avtomobillarini lizingga olib berishni va’da qilib aholidan pul yig‘ib olgan.

TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. Buxoroda 120 nafar fuqaroga lizingga avtomobil olib berishni va’da qilgan ko‘zbo‘yamachilar fosh etildi, deb xabar qilmoqda viloyat IIBB.

Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
IIBB xodimi noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobilga zarar yetkazdi

33-yoshli A.Sh., 31-yoshli I.D. va 41-yoshli S.I., jinoyatkorona til biriktirgan holda Buxoro viloyatida “UZ AVTO....” MChJni ro‘yxatdan o‘tkazishgan. Shundan so‘ng ular fuqarolarga lizingga GM Uzbekistan avtomobillari olib berishni va’dan qilib, Shofirkon, Jondor, Kogon va Buxoroda ochilgan filiallari orqali pul yig‘ib ola boshlashgan.

Jami 120 kishi ularga pul topshirgan. Ko‘zbo‘yamachilar jamlangan pullarni qalbaki hujjatlar va shartnomalar yordamida o‘z xarajatlari uchun sarflab yuborgan.

Ushbu voqka yuzasidan A.Sh., I.D. va S.I.ga O‘zbekiston JKning 168 moddasining 4 bo‘limi 3 qismi bo‘yichi hamda 228 –boddasining 3 bandi 2 qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, gumon qilinayotgan shahslar hibsga olingan.

Tergov jarayonida solqdan qochish, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni “yuvish” kabi holatlar aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0