Qozog‘istonda portlash sodir bo‘ldi – aholi tezkor evakuatsiya qilinmoqda

© Skrinshot iz videoSeriya vzrivov v Kazaxstane: mestnix jiteley evakuiruyut - video
Seriya vzrivov v Kazaxstane: mestnix jiteley evakuiruyut - video - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston janubidagi harbiy qismda portlash sodir bo‘ldi, aholi evakuatsiya qilinmoqda.

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Qozog‘istonning Arisi shahrida joylashgan 44856-sonli harbiy qismning omborxonasida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

Portlash bugun ertlab soat 9:20 da sodir bo‘lgan. Mahalliy aholi kuchli portlash, olov va tutunni kuzatmoqda va hatto oskolkalarning hushtak chalib uchib o‘tishi ham eshitilmoqda.

Portlash aholi turar joylariga yaqin joyda sodir bo‘lgani tufayli aholi tezkorlik bilan o‘z transport vositalarida Chimkent shahriga chiqib ketishga harakat qilmoqda.

Shuningdek, Turkiston viloyati akimati va favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda. Xususan, xavfsiz joylarda 15 ta evakuatsiya punktlari ochilgan va odamlar u yerlarga evakuatsiya qilinmoqda. Evakuatsiyada 40 ta avtobus ishtirok etmoqda. Ma’lumot uchun Arisi shahrida 43 ming kishi yashaydi.

Bevosita  yong‘in sodir bo‘lgan joyda 75 nafar o‘t o‘chiruvchilar va 16 ta yong‘in o‘chirish texnikasi va kinologlar brigadasi ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0