Qozog‘istonda o‘q-dori ombori portlashidan so‘ng yer qimirlashi sodir bo‘ldi

© Skrinshot iz videoSeriya vzrivov v Kazaxstane: mestnix jiteley evakuiruyut - video
Seriya vzrivov v Kazaxstane: mestnix jiteley evakuiruyut - video - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston harbiy qismida yuz bergan portlashdan so‘ng 3,5 balli yer qimirlashi sodir bo‘lgan.

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Bugun ertalab Qozog‘istonning Arisi shahrida harbiy qismning omborxonasida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Qozog‘iston seysmologiya ma’lumotlar markazi xabariga ko‘ra, Arisidagi portlashdan so‘ng yer qimirlashi sodir bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan soat 09:37da seysmologlar magnitudasi 3,5 balli yer qimirlashini qayd etishgan.

So‘nggi damda olingan xabarga ko‘ra, portlash oqibatida 46 kishi zarar ko‘rgan, bir nafar bola yo‘qolgan. Bir kishi og‘ir ahvolda yana 12 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, ular orasida besh nafar bolalar bor, - deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

Eslatib o‘tamiz, portlash bugun ertlab 44856-sonli  harbiy qismning omborxonasida soat 9:20 da sodir bo‘lgan edi. Qutqaruvchilar tomonidan shaharda 15 ta evakuatsiya punktlari ochilgan va odamlar shahardan olib chiqib ketilmoqda. Evakuatsiyada 40 ta avtobus ishtirok etmoqda. Ma’lumot uchun Arisi shahrida 43 ming kishi yashaydi. Yong‘in sodir bo‘lgan joyda 75 nafar o‘t o‘chiruvchilar va 16 ta yong‘in o‘chirish texnikasi va kinologlar brigadasi ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0